ALHARITM Bozor

Metodologiya va manbalar

Maʼlumot manbalari

Moliyaviy hisobotlar, kompaniyalar röyxati va kunlik narxlar openinfo.uz (Korporativ axborot yagona portali) dan, aksiyalar röyxati va nominal qiymatlari uzse.uz (Toşkent Respublika fond birjasi) dan olinadi. Maʼlumotlar har iş kuni savdo yakunidan keyin avtomatik yangilanadi. Narxlar real vaqtda emas — kun yakuni maʼlumotlari.

Hisobotlar

Kompaniyalar milliy buxgalteriya standarti (NSBU) böyiça hisobot beradi: 1-şakl (balans) va 2-şakl (moliyaviy natijalar). Banklar alohida şaklda hisobot beradi, şuning uçun ularning qatorlari boşqaça. Barça summalar asl hisobotda ming sömda; saytda milliard sömda körsatiladi. Çoraklik hisobotlardagi moliyaviy natijalar yil boşidan jamlangan holda beriladi. Bir yil uçun bir neçta hisobot topşirilgan bölsa, eng oxirgisi olinadi.

Koeffitsiyentlar

Barça koeffitsiyentlar har bir kompaniya uçun bir xil formula bilan hisoblanadi: ROE = sof foyda ÷ örtaça xususiy kapital; ROA = sof foyda ÷ örtaça aktivlar; marjalar tuşumga nisbatan; joriy likvidlik = joriy aktivlar ÷ joriy majburiyatlar; banklar uçun sof foiz marjasi = sof foizli daromad ÷ örtaça aktivlar. Agar hisobotda aktivlar va passivlar mos kelmasa, öşa yil uçun koeffitsiyentlar hisoblanmaydi.

Bozor qiymati (taxminiy)

Aksiyalar soni oçiq manbada töğridan-töğri berilmagan, şuning uçun u ustav kapitali (oddiy aksiyalar) ÷ aksiya nominal qiymati sifatida hisoblanadi. Bozor qiymati, F/D (P/E) va B/K (P/B) şuning uçun taxminiy.

Muhim eslatma

Sayt faqat maʼlumot beriş uçun möljallangan va investitsiya maslahati emas. Maʼlumotlarda manba xatolari yoki keçikişlar bölişi mumkin; qaror qabul qilişdan oldin asl hisobotlarni tekşiring. Köplab aksiyalar kam likvid — narx uzoq vaqt yangilanmasligi mumkin.